Eng dolzarb

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi

Toshkent metropolitenida 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkak bo‘yicha surishtiruv boshlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi

 

 

Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenida voyaga yetmagan qizga nisbatan behayo harakatlar qilgan erkak bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonida ketayotgan qizga nomaʼlum erkak tegajog‘liq qilishga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Holatni qizning o‘zi telefoni yordamida tasvirga olgan.

 

IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha, holat 18-sentabr kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatida sodir bo‘lgan.

 

Toshkentning Yangihayot tumanida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, A.E.ga nisbatan nomaʼlum erkak tomonidan behayo harakatlar qilgani holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda videokuzatuv moslamalari orqali nomaʼlum erkakning harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu fotosuratdagi erkak kishi haqida maʼlumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 11 yoshli bola ikki yil davomida amakisi tomonidan zo‘rlab kelingani hamda qanday kimsalar pedofil bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"