Sport

Chiroqchi tuman hokimligi qarshisidagi markaziy o‘yingoh qarovsiz ahvolga kelib qoldi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani markazida, shundoq tuman hokimligi qarshisida joylashgan markaziy o‘yingoh qarovsiz tashlab qo‘yilgani sababli bugun xarob ahvolga kelib qolgan. Bu haqida “Nasafnews.uz” xabar qildi.

Chiroqchi tuman hokimligi qarshisidagi markaziy o‘yingoh qarovsiz ahvolga kelib qoldi

 

 

Maʼlumotga ko‘ra, bu o‘yingoh oxirgi marta 2005-yilda taʼmirlangan. Nazorat yo‘qligi tufayli o‘yingoh atrofini o‘t-o‘lan bosib ketgan. Bir qismi chiqindixonaga aylantirilgan. Stadion devorlariga esa “sevdim telbalarcha” qabilidagi dil izhorlari yozib tashlangan. O‘rindiqlar umuman foydalanib bo‘lmaydigan darajaga kelib qolgan.

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, bu joy tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi balansida turadi. Maktab direktori hududni taʼmirlashga imkoniyat yo‘qligini aytgan bo‘lsa, tuman turizm va sport bo‘limi boshlig‘i lavozimga yaqinda kelganini ro‘kach qilmoqda.

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Nasaf” klubi OFK kubogida qancha pul ishlashi haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Chiroqchi tuman hokimligi qarshisidagi markaziy o‘yingoh qarovsiz ahvolga kelib qoldi | Zamon.uz