Ta'lim

Muhammad Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasi tashkil etiladi

Urganch davlat universiteti qoshida Muhammad Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot markazi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqiga asoslanib xabar berdi.

Muhammad Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasi tashkil etiladi

 

 

“Markaz matematika bo‘yicha iqtidorli yoshlarni tanlab olish va ilmga yo‘naltirish, ularning o‘z salohiyatini namoyon qilishiga ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali uchun qo‘shimcha ming o‘rinli yangi o‘quv binosi quriladi. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang‘ich raqs sanʼati maktab-internati tashkil etiladi”, — deya taʼkidlagan mamlakatimiz rahbari.

 

 Uchrashuvda viloyatdagi oliygohlar uchun qo‘shimcha 3,5 ming o‘rinli 8 ta talabalar yotoqxonasi bunyod etilishi maʼlum qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident maktabi bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz grant asosida qabul qilinishi, Qashqadaryoda Al Xorazmiy maktabi ochilishi mumkinligi hamda Namanganlik qiz ham Prezident, ham Al Xorazmiy nomidagi maktab sinovidan o‘tgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.