O‘zbekiston Eronga 8:9 hisobida mag‘lub bo‘ldi
Biroz avval futzal bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak finali doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Murosasiz va gollarga boy bo‘lgan o‘yinda eronliklar 8:9 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda gollarga o‘zbekistonliklardan Husniddin Nishonov (xet-trik), Dilshod Rahmatov, Ixtiyor Ropiyev, Anasxon Rahmatov (dubl), Ilhom Hamroyev mualliflik qilgan bo‘lsa, eronliklar safida Ali Hasanzoda (xet-trik), Mahdi Javid (dubl), Said Ahmad Abbosi (dubl) qayd etdi, Farhod Tavakkoli va Muslim Oladgodbahl bittadan to‘p kiritdi. Shunday qilib, Eron jahon chempionati chorak finaliga chiqqan navbatdagi jamoa bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi esa chempionatdagi ishtirokini yakunladi.







