Ta'lim

Bu yil doktorantura imtihonlari an’anaviy tarzda o‘tkaziladi

Bu yilgi doktorantura imtihonlari onlayn emas, odatdagidek, an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova brifingda ma’lum qildi.

Bu yil doktorantura imtihonlari an’anaviy tarzda o‘tkaziladi

 

 

Mutaxassisning aytishicha, doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv shaklida (onlayn translyasiya tarzida) o‘tkazish choralari ko‘riladi.  


Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘yicha topshiriladigan birinchi fan umumiy balining teng yarmidan, ya’ni 50 foizidan kam ball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi. Bu fan mustaxassislik yoki chet tiliga oid bo‘ladi. 


Shuningdek, brifingda mavzuga oid savollarga javob berildi. Jumladan:  


 Bir tayanch doktorant o‘z yo‘nalishidan boshqa yo‘nalishga "perevod" qilishi mumkinmi?


Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlaridagi savollar bir ixtisoslikdan boshqa ixtisoslikka to‘g‘ri kelmaganligi sababli ko‘chirish mumkin emas.  


 Mustaqil tadqiqotchi bo‘lgan izlanuvchi tayanch doktoranturaga o‘qishga topshirishi mumkinmi?  


Normativ-huquqiy hujjatlarda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan shaxs tayanch doktoranturaga hujjat topshirishi mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risida normalar berilmagan. Shu sababli hujjat topshirishda mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirilgan ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining ruxsatiga asosan topshirish maqsadga muvofiq.


 Stajyor-tadqiqotchilikda o‘qiyman. Ilmiy maqolalarim va ishim deyarli tayyor bo‘lib qolgan. Doktoranturaga kirishga menda imtiyoz bormi?   


Stajyor-tadqiqotchilik ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish, shuningdek, falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanib, ushbu shaklda o‘qigan shaxsga hech qanday imtiyoz berilmaydi.


Eslatib o‘tamiz, bundan avval “El-yurt umidi” jamg‘armasi 272 o‘rinli stipendiya tanlovini e’lon qilgani hamda Zangiota tumanida universitet ochilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"