Sport

Kumanga imkoniyat berildi: u bosh murabbiylikdan ketmaydi

Barselona prezidenti Joan Laporta Ronald Kumanni yaqin orada bosh murabbiy lavozimidan ozod etish niyati yo‘qligini maʼlum qildi.

Kumanga imkoniyat berildi: u bosh murabbiylikdan ketmaydi

 

Xabarlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Levante"ga qarshi o‘yinda jamoani maydonga Kuman olib tushadi. La Liganing "Kadis"ga qarshi uchrashuvidagi durang natijaga qaramay, Laporta Kumanni darhol ishdan bo‘shatishga shoshilmayapti.

 

"Kadis"ga qarshi o‘yindan so‘ng Laporta va Kuman o‘zaro gaplashib olgan. "Barselona"ning chempionat doirasida navbatdagi uchta uchrashuvi Kuman uchun juda muhim. Murabbiy La Ligada Levante va Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi o‘yinlarda g‘alaba qozonishi shart. Bundan tashqari, 3-oktyabr kuni "Atletiko"ga qarshi safar o‘yini ham muhim ahamiyatga ega.

 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Barselona" La liga turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

 

Avvalroq, “PSJ” Messining maoshi haqidagi mish-mishlarni rad etgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kumanga imkoniyat berildi: u bosh murabbiylikdan ketmaydi | Zamon.uz