Jahon

Tog‘li Qorabog‘ “yuragi” – Shusha shahri urushdan so‘ng qay darajada o‘zgardi?

Shusha – qaysidir maʼnoda Qorabog‘ urushining ramzi hisoblanadi. Shaharni kim nazorat qilsa, o‘sha tomon mintaqa markazidagi strategik balandlik bilan birga, Ozarbayjon va Armaniston uchun ulkan madaniy ahamiyatli hududga egalik qiladi.

Tog‘li Qorabog‘ “yuragi” – Shusha shahri urushdan so‘ng qay darajada o‘zgardi?

 

 

Shushani qaytarib olgan Boku uning tarixiy qiyofasini saqlab qolishga vaʼda berib, qaytadan qurmoqda. Armaniston, o‘z navbatida, bunga ishonmayapti. “BBC “ jurnalisti shahardagi vaziyatga baho berish  maqsadida katta material tayyorladi.

 

Shushaga olib boradiga yo‘l hozirda aʼlo darajada. Yo‘l chekkasidagi bannerlarda Ilhom Aliyevning harbiy kiyimdagi suratlari. Baʼzi joylarda yonib ketgan harbiy texnika qoldiqlari uchrab turadi. Bir yil avval bularning hech qaysisi yo‘q, faqat o‘rmon va birinchi Qorabog‘ urushida tashlab ketilgan uy vayronalari bor edi.

 

Qachonlardir Shushada ozarbayjonlik va armanlar, keyin asosan ozarbayjonliklar, undan so‘ng faqat armanlar yashagan. Bokudan Shushagacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l 300 kilometrni tashkil etadi. Ammo buning uchun Gruziya va Armanistonni aylanib o‘tish kerak edi (ammo bu ham ozarbayjonliklar uchun imkonsiz bo‘lgan). Endi barchasi aksincha: armanlar uchun Shushaga yo‘l yopildi, Boku esa yangi shosse orqali mehmonlarni Qorabog‘ga olib kelmoqda. Shusha Ozarbayjon va Armaniston uchun turlicha ahamiyatga ega. Masalan, Boku uni milliy madaniyat beshigi, deb hisoblasa, Yerevan  uchun bu muhim diniy markazlardan biri sanaladi.

 

Yo‘l bo‘ylab Ilhom Aliyev portretlaridan tashqari “Ehtiyot bo‘ling, mina!” degan yozuvlar ham uchrab turadi. Baʼzan yo‘l chetidan atigi 20 metr uzoqlikda minalarning o‘zini ham ko‘rish mumkin. 20 yil avval ko‘milgan minalar asta-sekin yer yuzasiga chiqmoqda, ammo so‘nggi urushda ko‘milganlari hali-hanuz yer ostida turibdi. Oqibatda Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan hududlarda so‘nggi bir yil davomida 50 kishi portlab ketdi. 

 

 

Shushaga yangi yo‘l Fuzuliy shahridan, mina maydoni o‘rtasidan boshlanadi. Sapyorlar mina topilgan joylarga qoziq qoqib qo‘ygan. Ayrim joylarda ularning orasi  1 metrni tashkil etadi. Qachonlardir Fuzuliyda 17 ming kishi yashagan, hozir esa bu yer vayronaga aylangan.

 

Asosiy yo‘ldan yuz metr narida, vayronalar orasida futbol maydonini eslatadigan bino joylashgan. Bu – Fuzuliy xalqaro aeroporti. U bor-yo‘g‘i 8 oyda qurib bitkazildi. Hozirda bu aeroportga, asosan,  Bokudan jurnalistlar bilan to‘lgan samolyotlar kelmoqda. Ammo Ozarbayjon rasmiylari tez orada Fuzuliy aeroporti Tog‘li Qorabog‘ yo‘lidagi asosiy transport yo‘lagiga aylanishiga umid bildirmoqda.

 

 

Shushaga kirishda ikki davlat — Turkiya va Ozarbayjon bayroqlariga ilingan qo‘ng‘iroqlar ovozi eshitiladi. Postda hujjatlar tekshiriladi –  shaharga faqat maxsus ruxsatnoma bilan kirish mumkin. Simli devor ortida Rossiya tinchlikparvar kuchlari posti joylashgan.

 

 

2020 yilda Ozarbayjonning Shushani egallashi tafsilotlari haligicha ochiqlanmagan. Qoyalar orasida joylashgan shahar “egallab bo‘lmas” deya taʼriflangan. Ammo 2020 yil noyabr boshida Ozarbayjon askarlari Shushaga tog‘lar orqali yetib keladi va shaharni og‘ir texnikalarsiz egallashga muvaffaq bo‘ladi.

 

1905, 1920 va 1922 yillar davomida shaharda ozarbayjon va armanlar o‘rtasida bir necha bor qonli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Shahar fuqarosi Asif “Sobiq Ittifoq davrida shaharda  armanlar juda kam bo‘lib, ular bilan yaxshi munosabatda edik”, – deb eslaydi.

 

Quyosh botishi bilan shahar ko‘chalari bo‘shab qoladi. Soat tungi to‘qqizdan tonggi oltigacha komendantlik soati joriy etilgan. Shushadagi uylardan biriga ozarcha “Ayoz”, “Barda”, "Hasan” va “Gabala” so‘zlari yozilgan. Ular shaharga birinchi bo‘lib kirgan askarlar va ular tug‘ilgan shahar nomlari. Armancha yozuvlar esa deyarli qolmagan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 20 yillik nizodan keyin 2020 yil noyabrda Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ni qaytarib oldi. Bu urushda Turkiya Bokuga katta harbiy va siyosiy ko‘mak berdi.

 

Eslatib o‘tamiz,  Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ degan hudud huquqiy jihatdan mavjud emasligini aytgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tog‘li Qorabog‘ “yuragi” – Shusha shahri urushdan so‘ng qay darajada o‘zgardi? | Zamon.uz