Jahon

Rossiyada qurilishdagi baxtsiz hodisada o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Minorali kran iskala konstruksiyasiga zarar yetkazganidan so‘ng ikki o‘zbekistonlik ishchi 7-qavatdan yiqilib tushib biri halok boʻlgan, yana biri ogʻir tan jarohatlari olgan.

Rossiyada qurilishdagi baxtsiz hodisada o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Buryatiya Respublikasida qurilish maydonchasida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida Oʻzbekiston fuqarolaridan biri halok boʻldi, yana biri ogʻir tan jarohatlari oldi.



Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, hodisa Joriy yilning 8-may kuni Ulan-Ude shahrida qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binosida yuz bergan.



Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, minorali kran operatori ehtiyotsizlik oqibatida iskala konstruksiyasiga zarar yetkazgan. Natijada xavfsizlik kamarlarisiz ishlayotgan Oʻzbekistonning ikki nafar fuqarosi binoning 7-qavatidan yiqilib tushgan.



Jabrlanuvchilardan biri ogʻir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ikkinchi fuqaro esa olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.



Mazkur holat yuzasidan Buryatiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 217-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.



Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulligi Migratsiya agentligining hududiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda marhumning jasadini vatanga yuborish choralarini koʻrmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"