Jahon

Tailand sayyohlarga vizasiz bo‘lish muddatini 30 kungacha qisqartirmoqchi

Hukumat tashabbusi migrantlar bilan bog‘liq shikoyatlar fonida ilgari surilayotgani aytilmoqda. Tailand o‘zbekistonliklar eng ko‘p sayohat qiladigan 10 ta davlatdan biridir.

Tailand sayyohlarga vizasiz bo‘lish muddatini 30 kungacha qisqartirmoqchi

Tailand Tashqi ishlar vazirligi xorijlik sayyohlar uchun vizasiz qolish muddatini 60 kundan 30 kungacha qisqartirish bo‘yicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Agentlik yozishicha, Tashqi ishlar vaziri Sihasak Puangketkeo ushbu o‘zgarish qachondan kuchga kirishi aniq belgilanmaganini ma’lum qilgan.

 

“Bizningcha, 60 kun — ehtimol juda uzoq muddat bo‘lib, ayrim shaxslar vizasiz rejimdan noqonuniy maqsadlarda foydalanmoqda. Biz nazoratni kuchaytirishni xohlaymiz”, — dedi vazir.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, vizasiz qolish muddatini qisqartirish bo‘yicha taklif avvalgi ma’muriyat davridayoq ishlab chiqilgan, biroq saylovlar sababli uni ko‘rib chiqish kechiktirilgan.Hozirda mazkur tashabbus yuzasidan tegishli idoralar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

 

Tashqi ishlar vazirligi rahbari esa ushbu taklifning qabul qilinishida jiddiy to‘siqlar bo‘lishini kutmayotganini ta’kidlagan.

 

Bundan tashqari, bir qator viza toifalarini qayta ko‘rib chiqish zarurati ham qayd etilmoqda, chunki amaldagi tizimda viza turlari juda ko‘p bo‘lib, ularning ayrimlarini birlashtirish imkoniyati mavjud. Mamlakat bosh vaziri Anutin Charnvirakul ushbu qoidalarni qayta ko‘rib chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 

 

Bloomberg xabariga ko‘ra, hukumatning bu tashabbusi ayrim mahalliy biznes vakillarining migrantlar tomonidan noqonuniy faoliyatlar ortib borayotgani va bu holat ularning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqidagi shikoyatlariga javoban amalga oshirilmoqda.

 

Tailand 2024-yil iyul oyidan boshlab 93 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy etgan edi.2026-yil 1-yanvardan 10-maygacha bo‘lgan davrda Tailand 12,4 million xorijiy sayyohni qabul qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,43 foizga kamdir. 

 

Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi va 2019-yilda xorijiy sayyohlar oqimi qariyb 40 millionga yetgan.

 

Ma’lumot uchun, Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 2024-yil yozida 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasmiy ravishda joriy etgan. Kutilayotgan o‘zgarishning O‘zbekistonga ta’siri bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumotlar mavjud emas. 2026-yilning dastlabki 3 oyida 13 839 nafar o‘zbekistonlik Tailandga borgan.

 

Abdullayeva Shaxrizoda

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"