Uch nafar harbiy bokschimiz Jahon chempioni bo‘ldi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida Jahon chempionatining final bosqichi nihoyasiga yetdi.

Avvalroq xabar berganimizdek final bosqichida to'rt nafar harbiy bokschilarimiz ishtirok etayotgan edi.
Jumladan, xotin-qizlar o‘rtasida -75 kg. vazn toifasida Mavluda Mavlonova finalda Belarus vakilasi Viktoriya Kebikovaga qarshi jang qilib, katta ustunlik evaziga g‘alaba qozondi va musobqaning oltin medali bilan taqdirlandi.
-60 kg vazn tofiasida Shunqor Abdurasulov esa finalda rossiyalik Konstantin Opolskiyga qarshi bahs olib borib, muvaffaqiyatga erishdi. U ham musobqaning oltin medali bilan taqdirlandi.
-64 kg vazn toifasida bokschimiz Mujibillo Tursunov afsuski finalda belaruslik Dmitriy Asanovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
+91 kg vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov finalda rossiyalik Svetoslav Teteringa qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba qozondi.







