“Sherif” haqida nimalarni bilasiz?
“Sherif” klubining Yevropa chempionlar ligasida o‘ynashini kutilmagan holat, deb hisoblash mumkin.


Musobaqaning birinchi debyut uchrashuvida “Shaxtyor” jamoasi ustidan g‘alaba qozongani muxlislarning bu klubga qiziqishini yanada orttirdi.
“Sherif” bugungi kunda Moldova chempionati yetakchisi hisoblanadi. Jamoa 21 yil ichida 19 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Moldova chempionati hozirda UEFA reytingida 45-o‘rinni egallab turibdi.
“Sherif” klubi egasi bir qator kompaniyalarni birlashtirgan xoldingga egalik qiladi. Kompaniya o‘z tarkibiga bir qancha yoqilg‘i quyish shoxobchalari, supermarket va banklarni qamrab olgan. Jamoaning bir yillik byudjeti 5 dan 8 million yevrogacha. Moldova chempionatida bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
“Sherif” klubida Moldovaning o‘zidan atigi 4 nafar futbolchi to‘p suradi. Jamoaning asosiy tarkibini Gretsiya, Braziliya, Kolumbiya, Gana va boshqa mamlakat futbolchilari tashkil qiladi. Jamoaga ukrainalik Yuriy Vernidub murabbiylik qilmoqda.
Avvalroq Filippe Koutino premyer-ligaga qaytishi mumkinligi va Iskoning “Lion”ga o‘tishi taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







