Sport

UEFA Superliga ishi bo‘yicha “Real”, “Barselona” va “Yuventus”ga qarshi daʼvolarni rad etdi

UEFA Yevropa superligasi ishi bo‘yicha “Real Madrid”, “Barselona” va “Yuventus” klublariga qo‘yilgan daʼvolaridan voz kechdi.

UEFA Superliga ishi bo‘yicha “Real”, “Barselona” va “Yuventus”ga qarshi daʼvolarni rad etdi

 

 

Xabarlarga ko‘ra, UEFA superligasining oxirgi uchta tashkilotchi klubiga qarshi har qanday sanksiyalarni bekor qilgan. Bu masala bo‘yicha ish yuritish haqiqiy emas, deb topildi. Shuningdek, Superligada ishtirok etishga tayyor  qolgan to‘qqizta jamoa uchun ham bu davolar bekor qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, Evropa superligasi loyihasi 20 ta Yevropa klubi ishtirok etadigan bitta liga tuzilishini anglatadi. Dastlab Superligada ishtirok etishni “Milan”, “Arsenal”, “Atletiko”, “Chelsi”, “Barselona”,    “Inter”, “Yuventus”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Tottenxem” kabi top klublar tasdiqlagan. Keyinchalik, ko‘pchilik jamoalar loyihani tark etishdi va shu kungacha turnirda faqat “Real, “Barselona” va “Yuventus” qoldi.

 

Avvalroq, “Barselona” murabbiyi Ronald Kumanga imkoniyat berilgani va 60 yoshli mamlakat vitse-prezidenti futbol bellashuvida qatnashgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov