Eng dolzarb

“16 fevral voqealari"ni uyushtirgan xavfli shaxs 23 yildan so‘ng ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining saʼy-harakati bilan "Turkiston islom harakati" (“TIH”) xalqaro terroristik tashkiloti aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi sababli 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Yu.J.” xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi.

“16 fevral voqealari"ni uyushtirgan xavfli shaxs 23 yildan so‘ng ushlandi

 

 

DXX matbuot xizmatining xabar berishicha, 1969-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan ushbu shaxs 1998-yilning boshlarida Rossiyaning Checheniston Respublikasiga borib, iordaniyalik Amir Xattob tomonidan tashkil qilingan jangarilar lagerida maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi va o‘sha yilning oxirlarida Afg‘onistondagi “TIH” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi. 

 

Maʼlum qiliniicha, 1999-yilning yanvar oyida tashkilot yetakchilarining ko‘rsatmasi bilan u aylanma yo‘llar orqali Toshkent shahriga kelib, badavlat odamlarning uylarida bosqinchiliklarni amalga oshiradi hamda ularning pul va qimmatbaho buyumlarini o‘zlashtirib, Afg‘onistondagi “TIH” yetakchilariga yuboradi.

 

Qayd etilishicha, ushbu shaxs 1999-yilning 16-fevral va 30-mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ham ishtirok etadi. Shuningdek, 1998-2006 yillarda xorijiy davlatlardagi xalqaro terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashadi.

 

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan olti oy mobaynida sodir etilgan jinoyatlar soni 111,9 foizga oshgani, “16 fevral voqealari” bo‘yicha sudlangan 5 kishi oqlangani, Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs qidirilayotgani hamda O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyalaridan birining bosh direktori Sankt-Peterburgda qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"