Endi 3 yoshdan katta bolalar ham koronavirusga qarshi emlanadi
Maʼlumotlar monitoringi bo‘yicha mustaqil qo‘mita 3 yoshdan katta bolalarni ham ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlashni maʼqulladi. Bu haqda “Vaksina.uz” kanali xabar berdi.


Maʼlum qilinishicha, qo‘mita Xitoy – O‘zbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini 3-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalarda qo‘llashni tasdiqlagan.
DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi bo‘lib, ular tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tajribada ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi.
Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan. Taʼkidlanishicha, bolalarning salomatligida nojo‘ya taʼsirlar kuzatilmagan.
Avvalroq O‘zbekistonda COVID-19'ga qarshi 12 yoshdan katta bolalar ham ixtiyoriy emlanishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







