Eng dolzarb

"Yangi O‘zbekiston" savdo belgisi bilan alkogol mahsulot ishlab chiqarilarkan. Bu qanchalik to‘g‘ri?

“Sport.uz” saytida “Elsun-Sharob” kompaniyasi alkogol ichimlik chiqarish uchun "Yangi O‘zbekiston" savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza bergani haqida xabar tarqaldi.

"Yangi O‘zbekiston" savdo belgisi bilan alkogol mahsulot ishlab chiqarilarkan. Bu qanchalik to‘g‘ri?

 

Ochig‘i, ushbu xabar bir meni emas, ko‘pchilikni taajjubga solgan bo‘lishi, shubhasiz. Chunki gap oddiy joy yoki jism nomi emas, “Yangi O‘zbekiston” iborasi haqida ketmoqda. Qolaversa, “Yangi O‘zbekiston” oddiy ibora emas. Balki Prezident tashabbusi bilan hayotga tadbiq etilayotgan mamlakatimiz saʼy-harakatlarining asosiy g‘oyasi, ulkan maqsadlarimiz, biz niyat qilgan Uchinchi Renessans poydevori va unga eltuvchi ulug‘ yo‘l hamdir. Endi tasavvur qiling: shu nomni spirtli ichimliklarga qo‘yish yoki berish naqadar to‘g‘ri? Qaysi mantiqqa mos keladi? Shunday moʻtabar nomning “Bizga “Yangi O‘zbekiston”dan ikkita!”, “Yangi O‘zbekiston”dan qolmadimi?”, “Yangi O‘zbekiston”dan quy!” va hokazo tarzida talqin qilinishi quloqqa g‘alati eshitilmaydimi?

 

Faraz qiling, ertaga mazkur nomdagi alkogol mahsulotlari chiqarilsa, kelajagimizni qurishda tayanch nuqta bo‘lib turgan “Yangi O‘zbekiston” nomiga putur yetmaydimi? Tadbirkor ishsizlarni ish bilan taminlashni maqsad qilgani, yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘gani, albatta, yaxshi. Ammo mahsulotni boshqacha nom bilan ham atasa bo‘ladi-ku?

 

Аvvalroq spirtli ichimlik ichish saratonga olib kelishi hamda "Coca-Сola Uzbekistan" davlat ulushini "Coсa-Cola İçyecek" sotib olishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

"Yangi O‘zbekiston" savdo belgisi bilan alkogol mahsulot ishlab chiqarilarkan. Bu qanchalik to‘g‘ri? | Zamon.uz