
Tadqiqodlarga ko‘ra, bu dunyodagi bir yilda aniqlangan barcha saraton kasalliklarining taxminan 4 foizini tashkil qiladi ( to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘i erkaklar).
Spirtli ichimliklarni ichish tanadagi zararli kimyoviy moddalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va saraton rivojlanishiga hissa qo‘shadigan gormonlar ishlab chiqarishga xalaqit berish orqali DNKga zarar yetkazishi maʼlum.
Spirtli ichimliklar, shuningdek, boshqa zararli moddalarning, masalan, tamaki moddalarining kanserogen taʼsirini kuchaytiradi.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar isteʼmolining saraton rivojlanishiga taʼsir qilishiga o‘n yil vaqt ketadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, eng ko‘p saraton kasalligi haddan tashqari ko‘p ichish bilan bog‘liq.
Spirtli ichimliklar bilan bog‘liq bo‘lgan onkologiyaning eng keng tarqalgan turlari bu og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, halqum, qizilo‘ngach, yo‘g‘on ichak va to‘g‘ri ichak, jigar va ko‘krak bezi saratonidir.
Nasiba To‘xtayeva


