Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Hozirgi kunda fuqarolarning ekologiya va atrof-muhitga bo‘lgan eʼtiborsizligi sezilarli darajada oshib bormoqda.

Shu bois, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va arof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Shahrisabz shahar nazorat inspeksiyasi inspektorlari hududda navbatdagi ekologik nazorat bo‘yicha reyd tadbiri o‘tkazdi.
Nazorat tadbiri davomida Shahrisabz shahar "Ipak yo‘li" ko‘chasida fuqaro I.N. tomonidan noqonuniy ravishda belgilanmagan joyga har xil turdagi maishiy chiqindilarni tashlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKsining 91- moddasi pr. 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtrilib, 270 ming so‘m miqdorda jarima qo‘llanildi.
Avvaroq ekologiya sohasida javobgarlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan amaldagi qonunlar qayta ko‘rib chiqilishi va dunyoda yelim chiqindilar tabiatning ifloslanishiga katta taʼsir ko‘rsatishi xabar qilingandi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev hududlarda chiqindi masalasi bilan viloyat hokimlari shaxsan shug‘ullanishini taʼkidlagandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







