Ta'lim

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt miqdoriga doir hujjat loyihasi ishlab chiqiladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavr va magistr darajalari uchun taʼlim olayotgan hamda shartnoma asosida o‘qishga kirgan talabalarga to‘lov-kontrakt miqdorini aniq belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt miqdoriga doir hujjat loyihasi ishlab chiqiladi

 

Bu haqda Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bilan tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi”da belgilandi.

 

Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim hamda Tashqi ishlar vazirliklari 2021 yil 1 noyabrga qadar Oliy taʼlim muassasalarida talabalarga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash, tayinlash va to‘lashda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi.

 

Mazkur loyihada Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt asosidagi bakalavriatda taʼlim olishning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravaridan, magistraturada taʼlim olishning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravaridan oshmaydigan miqdorda belgilanishi qayd etib qo‘yiladi.

 

Avvalroq 2021-2022 o‘quv yili uchun to‘lov kontrakt miqdori eʼlon qilingani hamda talabalar kontrakt pulini QR kodli to‘lov shartnomalari orqali to‘lashi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt miqdoriga doir hujjat loyihasi ishlab chiqiladi | Zamon.uz