Sport

“Nyukasl” bosh murabbiyi jamoadan ketadi(mi?)

“Nyukasl Yunayted” bosh murabbiyi Stiv Bryus klub egalarining o‘zgarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilishi ehtimoli borligini bildirdi.

“Nyukasl” bosh murabbiyi jamoadan ketadi(mi?)

 

Kecha, 7-oktabr kuni Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi (PIF) “Nyukasl” klubining yangi egasi bo‘ldi: “Men jamoada ishlashni davom ettirmoqchiman. Yangi klubning yangi xo‘jayinlariga nimalarga qodir ekanligimni ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlardim. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqadigan bo‘lsak, ular boshqa murabbiy tanlashlari mumkin. Agar ketsam ham xafa bo‘lmayman. Qarorning qanaqa ekanligi meni qiziqtirmaydi. Muzokaralarni kutamiz”.

 

Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi “Nyukasl” aksiyalarining qariyb 80 foizini sotib oldi. Ingliz klubining avvalgi rahbari milliarder Mayk Eshli edi. Hozirda “Nyukasl” jamoasi Angliya premyer-ligasi turnir jadvalida yetti turdan so‘ng, 19-o‘rinni egallab turibdi.

 

Avvalroq, “Nyukasl”ni Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi sotib olgani va Yevro-2024 saralash turniriga qurʼa tashlash sanasi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Nyukasl” bosh murabbiyi jamoadan ketadi(mi?) | Zamon.uz