Eng dolzarb

Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kunida gaz orqali shishirilgan sharlar portlab ketdi

Bugungi kunda hech qaysi bayramni gaz bilan to‘ldirilgan pufaklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tug‘ilgan kun, yangi savdo do‘koni va idoralarning ochilishida gaz to‘ldirilgan pufaklardan, so‘zlashuvda “sharlar” deb nomlanadigan vositalardan foydalanish urf bo‘lgan.

Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kunida gaz orqali shishirilgan sharlar portlab ketdi

 

 

Odatda, bunday pufaklarga havoga nisbatan yengilroq bo‘lgan gazlar to‘ldiriladi. Ayrim shunday gazlar tez yonuvchan xususiyatga ega. Biroq gaz bilan to‘ldirilgan havo sharlari hayot uchun juda xavfli.

 

Xizmat yoki yashash xonalarida sharlarda chaqnashning yuzaga kelishi ayanchli oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Portlash sodir bo‘lishi uchun birgina uchqun yoki cho‘g‘-olovning o‘zi yetarli. Natijada, insonlar jiddiy tan jarohati olishi va bayram fojiaga aylanishi mumkin.

 

Portlash va yonish xususiyatiga ega bo‘lmagan yengil gazlar bilan to‘ldirilgan pufaklar inson salomatligi uchun xavfsiz.

 

Bunday gaz bilan to‘ldirilgan pufaklar “qora bozor”da  quyidagicha narxlanadi: “Geliy” — 15-18 ming so‘m bo‘lsa, oddiy “Metan” gaz 5-6 ming so‘mni tashkil qiladi. Ko‘proq foyda olish ilinjida ayrim fuqarolar sotuvga olib chiqayotgan pufaklarning ichi gazning arzon turi bilan to‘ldiriladi. U inson hayoti uchun xavf tug‘diradi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, xuddi shunday holat kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, estrada xonandasi Ozoda Nursaidovaning tavallud ayyommi munosabati bilan uning yaqinlari turli sovg‘a-salomlar bilan uning xonadoniga tashrif buyurishgan. Xonandani tabriklash paytida har xil o‘zidan uchqun chiqaradigan  vositalar, gaz to‘ldirilgan pufaklar yordamida bilan uni tabriklamoqchi bo‘lishdi. Oqibatda, uchqunli vositalar gaz to‘ldirilgan pufaklarga yaqin keltirilganda portlash ro‘y berdi.

 

Taxminlarga ko‘ra, sharlar oddiy is gazi, yaʼni “Metan”da to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin.

 

Hozircha holat yuzasidan boshqa maʼlumotlar ochiqlanmagan.

 

Avvalroq  Surxondaryoda "UAZ" avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballon nima sababdan portlagani va Navoiyda gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kunida gaz orqali shishirilgan sharlar portlab ketdi