Sport

Markus Reshford Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqida nima dedi?

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Krishtianu Ronalduning qaytishi haqida o‘z fikrini bildirdi:

Markus Reshford Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqida nima dedi?

“Krishtianuning yana Manchester jamoasiga qaytishi meni ham futbolchi, ham “Manchester Yunayted” muxlisi sifatida juda ham quvontirdi. Afsonaga aylangan shaxslar bilan bir jamoada o‘ynash zavq bag‘ishlaydi. “Old Trafford”da Ronaldu bilan birga o‘ynash bizga yana o‘ziga xos kuch-quvvat va tajriba almashish imkoniyatini beradi. Umid qilamanki, bu chempionlikni qo‘lga kiritishimizga turtki bo‘ladi”.

 

Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni “Manchester Yunayted” Ronalduning “Yuventus”dan transferini eʼlon qildi. Hujumchi 2003 yildan 2009 yilgacha “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Jamoa tarkibida u premyer-ligada 200 ta o‘yin o‘tkazib, 87 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

 

Avvalroq, Markus Reshford Manchester universiteti tarixida eng yosh faxriy doktorga aylangani va Filippe Koutino premyer-ligaga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Markus Reshford Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi haqida nima dedi? | Zamon.uz