Sport

Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida ishtirok etadi

Serbiyaning Belgrad shahrida 22-oktabrdan 7-noyabrgacha boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida ishtirok etadi

 

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu jahon chempionatida ham O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.


Eʼtiborlisi, terma jamoa tarkibiga 2017 yilgi jahon chempioni Shahram G‘iyosov va 2016 yilgi Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham kiritilgan. “Tokio-2020” Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov bu safar musobaqada ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

 

Terma jamoa to‘liq tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:
 
-48 kg. Nodirjon Mirzahmedov
-51 kg. Hasanboy Do‘smatov
-54 kg. Shahobiddin Zoirov
-57 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg. Abdumalik Xalokov
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg. Shahram G‘iyosov
-75 kg. Saidjamshid Jafarov
-80 kg. Odiljon Aslonov
-86 kg. Shohjahon Abdullayev
-92 kg. Madiyar Saidrahimov
+92 kg. Lazizbek Mullajonov

 

Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodir Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Miraziz Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Jafarov, Odil Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Laziz Mullajonov joy oldi. Bokschilar bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda. 

 

Ma'lumot uchun, 2019-yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

 

Avvalroq Hasanboy Do‘smatovning jangi bekor bo‘lgani, Markaziy Osiyo chempionatida sportchilarimiz umumjamoa hisobida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgani hamda "Cosmopolitan Russia" ekspertlari MDH olimpiya terma jamoalarining formalari bo‘yicha o‘z reytingini tuzgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida ishtirok etadi | Zamon.uz