0

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 2 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda

 

 

Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish surʼati 1,5 foizga oshgan. Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan.

 

Bundan tashqari, 2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan. O‘zbekistonda yil boshidan 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.

 

Maʼlumot uchun, 2021-yilning 1-oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35 million 79,2 ming kishini tashkil etmoqda. Doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

 

Taʼkidlanishicha, respublikaning doimiy aholisi so‘nggi 30 yil ichida 13,9 million kishiga oshgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2020-yil 1-aprel holatiga ko‘ra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasining mamlakatdagi demografik vaziyat haqidagi hisobotida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2021-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 34,86 million kishini tashkil etib, yil boshidan 301,3 ming kishiga yoki 0,9% ga ko‘paydi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda aholi soni 35 milliondan oshgani hamda yurtimizning doimiy aholisi soni maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda