Rossiyalik o‘qituvchilar ishtirokida o‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun rus tili fanidan teledarslar tasvirga olinmoqda
Yurtimizda taʼlim jarayonlarini yana-da takomillashtirish maqsadida “Zo‘r” (“Klass”) loyihasi doirasida Rossiyadan tashrif buyurgan o‘qituvchilar 2-sinf o‘quvchilari uchun rus tili fani darslarini tasvirga olishda ishtirok etmoqda.


Loyiha bo‘yicha ayni vaqtgacha 14 ta teledars tayyorlangan bo‘lib, ular II chorakdan “Onlayn maktab”” teleloyihasi asosida efirga uzatiladi.
Shuningdek, rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda 2022 yilning yanvar oyida "Uzluksiz kasbiy taʼlim" elektron platformasi tashkil qilinadi. Unda 4 ta fan — matematika, kimyo, biologiya va fizika o‘qituvchilariga rus tilida malaka oshirish kurslari ham ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn maktab darslari uchun alohida telekanallar ajratilishi hamda yangi o‘quv yili to‘liq anʼanaviy shaklda boshlanishi va vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar ham yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







