Boks bo‘yicha jahon chempionatida sovrindorlarga qancha pul mukofoti berilishi maʼlum bo‘ldi
Shu yilning 24 oktabr – 6 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi.

Mazkur jahon chempionatida Rio olimpiadasi kumush medali sohibi, Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham ishtirok etadi.
Terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy oldi.
Xabarlarga ko‘ra, jahon chempionatida 105 davlatdan 650 bokschi 13 vazn toifasida bahslarda ishtirok etadi. Musobaqada chempion bo‘lgan bokschi 100 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritadi. Kumush medali sohibi 50 ming, bronza medal egasi 25 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.
Avvalroq Kuba boks terma jamoasi yurtimizga yetib kelgani va Shahram G‘iyosov hamda Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







