Rajab Adashov o‘zbek rejissyorlariga taklif bilan chiqdi
O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashov kinorejissyorlarga murojaat qildi:

"Assalomu alaykum! Men rejissyorlardan uch kishiga maslahat bermoqchiman: Z.Musoqovga, S.Nazarmuhammadovga, R.Malikovga!
Azizlarim, yosh yozuvchi Javlon Jovliyevning “QO‘RQMA” (NE BOYSYA) nomli romani bor. M.Bulgakovning "Usta va Margarita"siga o‘xshash, koreyslarning "Igra v kalmari" ("Kalmar o‘yini") va boshqa quroq-quroq, yaʼni dafʼatan anglash, tushunish muammo bo‘lgan seriallar qatoridagi ROMAN!
Shu kitobni o‘qib, ssenarist topib, film qilsangiz, O‘zbek Kinosining ulkan yutug‘i bo‘lardi! Sizlarga, UCH rejissyorga ishonganim uchun yozdim!!!" — deya ta'kidlagan aktyor.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi kinosi kunlari doirasida mashhur kinorejissyor, RSFSR xalq artisti, Rossiya Federatsiyasi Kinematograflar uyushmasi raisi Nikita Mixalkov oav vakillari bilan uchrashganda rejissyorlik darajasi aktyorlikka qaraganda ancha pastligini taʼkidlagandi.







