Eng dolzarb

Surxondaryoda 13 ming dollar evaziga issiqxona qurib berishni vaʼda qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida issiqxona qurib berishni vaʼda qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryoda 13 ming dollar evaziga issiqxona qurib berishni vaʼda qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, Andijon viloyatida yashovchi X.J. va X.Sh. 2021-yil ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi va bir nafar surxondaryolik shaxsga issiqxona qurib berishini aytib, pullarini olgan va o‘zlashtirib ketgan.

 

Jumladan, 2021-yil mart oyida, X.J. va X.Sh. Sariosiyo tumaniga kelib, Afg‘oniston fuqarosi, hozirda Uzun tumani Nurbuloq mahallasida vaqtincha yashovchi, F.Sh.ning ishonchiga kirgan. So‘ng F.Sh.ga yashayotgan mahallasidan 60 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berishini aytib, undan 13 ming dollar olgan va o‘zlashtirib ketgan.

 

Shuningdek, X.J. va X.Sh. joriy yil 19-mart kuni Uzun tumani "Kichik jonchekka" mahallasida yashovchi Ch.Ch.ga issiqxona qurib berishini aytib, 226 million 575 ming so‘m olgan.

 

Bundan tashqari, joriy yilning 23-iyun kuni Afg‘oniston fuqarosi, hozirda Uzun tumanida vaqtincha yashovchi, F.M.ga issiqxona qurib berishini aytib, 30 million so‘m o‘margan.

 

Taʼkidlanishicha, joriy yil 4-oktabr kuni X.J. va X.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Xivada tadbirkorga to‘lov talabnomani yo‘qotishni vaʼda qilgan firibgar ushlangani, Bo‘stonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollarga olib berishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani hamda DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olingani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Surxondaryoda 13 ming dollar evaziga issiqxona qurib berishni vaʼda qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Zamon.uz