Fransiya chempionati. Mbappening goli “PSJ”ga g‘alaba keltirdi
Kecha Fransiya chempionati 10-turi doirasidagi dastlabki uchrashuv “PSJ” hamda “Anje” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Fyuljeni mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 69-daqiqada Pereyra farqni tenglashtirdi. 87-daqiqaga kelib esa Mbappe penaltidan foydalanib, Parij klubiga g‘alaba keltirdi.
Qayd etish joiz, shu kuni Messi va Neymar garchi stadionda bo‘lishsa-da, lekin Parijga milliy jamoalari o‘yinidan keyin yetib kelgani bois maydonga tushmadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “PSJ” 27 ochko bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Anje” 16 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
Avvalroq Messi braziliyalik futbolchini xayolparastlikda ayblagani va Fransiya prezidenti hamda Arsen Venger afsonalar terma jamoasida xayriya o‘yinida qatnashgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







