Eng dolzarb

“UzAuto Motors” bosh direktori ilk bor tug‘ilgan kunini O‘zbekistonda nishonladi

Bo Inge Andersson 1955-yil 16-oktyabrda Shvetsiyaning Falkenberg shahrida tug‘ilgan. U joriy yilning avgust oyida “UzAuto Motors” AJ va "UzAuto Motors Powertrain" AJ bosh direktori etib tayinlangan edi. Kuni kecha Andersson o‘z tug'ilgan kunini ilk bor mamlakatimizda nishonlagan.

“UzAuto Motors” bosh direktori ilk bor tug‘ilgan kunini O‘zbekistonda nishonladi

 

Maʼlumot uchun, “UzAuto Motors” bosh direktori Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi hisoblanadi. Shuningdek, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri ham. Bo Andersson o‘z faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning “Saab Automobile AB” kompaniyasida boshlagan.

 

U “Adam Smit” xalqaro avtomobil forumida “2010-yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topilgan. 2012-yilda Bo Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti “Automotive Supply Chain” tomonidan “GAZ Group”ni inqirozdan keyingi moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini taʼminlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

 

Avvalroq Bo Andersson “UzAuto Motors” bosh direktori bo‘lgani hamda monopolist kompaniya isteʼmolchilar huquqlarini buzishda davom etayotgani va bu masalasiga Kusherbayev eʼtibor qaratgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“UzAuto Motors” bosh direktori ilk bor tug‘ilgan kunini O‘zbekistonda nishonladi | Zamon.uz