Eng dolzarb

AQSH tashqi siyosatida O‘zbekistonning ahamiyati ortib bormoqda – Politico

O‘zbekiston AQSH rasmiylari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishga harakat qilmoqda va bu amalda o‘z natijasini beryapti. Bu haqda Politico nashri maʼlum qildi.

AQSH tashqi siyosatida O‘zbekistonning ahamiyati ortib bormoqda – Politico

 

Hozirda O‘zbekiston — AQSH munosabatlari kun tartibidagi eng birinchi masala Vashingtonning Afg‘oniston bilan chegarada antiterror kuchlarini joylashtirishi bo‘lib qolmoqda. Bu orqali AQSH Afg‘onistonni doimiy ravishda kuzatib borishi mumkin. Bayden Adminstratsiyasi bir necha oydan buyon Toshkent va mintaqaning boshqa davlatlari bilan bu borada muzokara olib bormoqda, lekin hali aniq natijaga erishilgani yo‘q. Oktabr oyida Pentagon rasmiylari O‘zbekistonga kelgan AQSH delegatsiyasi tarkibida xavfsizlik sohasida hamkorlik yuzasidan muzokaralarda ishtirok etgan. Bu haqda Politico'ga mudofaa vazirligi rasmiy vakili Lara Seligman maʼlum qilgan.

 

Oktyabr boshlarida AQSH respublikachilar partiyasidan bo‘lgan to‘rt kongressmen O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Mamlakatga tashrifidan so‘ng delegatsiya aʼzolaridan biri, AQSH Kongressi vakillar palatasi qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mita aʼzosi Don Bekon “NatSec Daily”ga bergan intervyusida O‘zbekiston Prezidenti unda kuchli taassurot qoldirganini aytib o‘tdi. Bekonning fikricha, O‘zbekiston inson huquqlarining haqiqiy himoyachisiga aylanadi. “Menimcha, ular islohotlar yo‘lida jadal qadam tashlayapti”, — degan siyosatchi.

 

AQSH rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning Afg‘onistondan chiqib ketganidan so‘ng O‘zbekistonning ahamiyati yana-da oshdi. Politico Toshkentni kelajakda AQSHga mintaqada yordam berishga qodir noyob imkoniyatlarga ega kuch sifatida ko‘rmoqda. Vakillik palatasining tashqi siyosat bo‘yicha qo‘mitasi aʼzosi Avgust Pflyugerning fikricha, Afg‘onistonning xalqaro terrorchilar uchun boshpanaga aylanishi mumkin bo‘lgan bir sharoitda mintaqada Vashingtonga do‘st mamlakatning mavjudligi ham taktik, ham strategik ahamiyatga ega.

 

Shuningdek, kongressmenlar O‘zbekiston diplomatiyasi yutuqlariga ham to‘xtalgan. “Men ko‘rgan elchixonalar ichida eng faol ishlaydigani O‘zbekiston elchixonasi”, – degan Don Bekon. Xampti-Dampti instituti direktori Jozef Merante “O‘zbekiston elchixonasi – biz ishlagan eng professional va faol elchixonalardan biri”, – deya fikr bildirgan. Bundan tashqari, Don Bekon o‘zi vakil bo‘lgan Nebraska shtatida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilish ustida ishlashini maʼlum qilgan. U o‘zbek tomoni bilan qishloq xo‘jaligi va boshqa masalalarda hamkorlikni muhokama qilmoqchi. Shuningdek, Bekon AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini olib tashlashga harakat qilishini bildirgan.

 

“Umuman olganda, O‘zbekistonning tashqi siyosat ustida tinimsiz ishlashi Vashington oldida uning imidji yaxshilanishiga olib keldi”, — deb xulosa qiladi Politico.

 

Bundan avval O‘zbekiston mudofaa vazirligi mamlakatga AQSH harbiylari joylashtirilmasligini hamda Shavkat Mirziyoyev AQSH kongressmenlarini qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

AQSH tashqi siyosatida O‘zbekistonning ahamiyati ortib bormoqda – Politico | Zamon.uz