Habib otasi nomidagi yangi qurilayotgan maktab haqida gapirdi
Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi sport maktabi qurilishi haqida gapirdi.

Sportchi 2019-yilning iyun oyida farmon imzolangani, unga ko‘ra Dog‘iston Respublikasiga maktabni qurish uchun 600 million rubl ajratilishini maʼlum qildi:
"Men ushbu sport maktabini kelgusi yil iyun oyida ishga tushirishni xohlayman. Baza Rossiyadagi eng baland nuqtada — dengiz sathidan deyarli 2000 metr balandlikda joylashadi. U yerda 80 kishi bir vaqtning o‘zida uxlashi, ovqatlanishi, mashq qilishi mumkin bo‘ladi. Binoning qariyb 70 foizi tayyor. U yerga biz butun dunyodan sportchilarni qabul qila olamiz”.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov UFCda 29 ta jang o‘tkazib, uning barchasida g‘alaba qozongan.
Avvalroq Paddy Pimblett Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi ekanligi va Maxachev Den Xuker bilan jangi qiziqarli bo‘lishiga ishonayotgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







