Paulo Dibala “Zenit”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala 2021/2022 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Zenit” ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Dibala Italiya A Seriyasining 17 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan “Roma” bilan navbatdagi o‘yinda ham maydonga tushmadi. Shuningdek, uning jarohati “Zenit”ga qarshi o‘yingacha ham tuzalmasligi maʼlum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, faqat moʻjizagina Pauloning Sankt -Peterburg klubi bilan o‘ynashida imkon berishi mumkin.
Dibala A Seriyaning 6-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya” bilan o‘yinda jarohat olgan edi. Pauloda chap sonining mushaklari shikastlangani aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit” – “Yuventus” uchrashuvi 20 oktyabr kuni Sankt -Peterburgdagi “Gazprom Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Eldor Shomurodovning narxi keskin ko‘tarilgani va Keylor Navas jarohati sabab ikkita o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







