Sport

Rossiya jamoasi 18 million dollarni qo‘lga kiritdi

Kecha Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida “The international 10” turnirining Grand final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Rossiya jamoasi 18 million dollarni qo‘lga kiritdi

 

 

Mazkur bahsda Xitoyning “PSJ.LGD” jamoasi Rossiyaning “Team Spirit” jamoasiga qarshi arenaga chiqdi. Murosasiz kechgan to‘qnashuvda “Team Spirit” 2:3 hisobida g‘alaba qozondi.

 

“Team Spirit” ushbu turnirning eng yosh va debyutant jamoasi bo‘lishiga qaramay, musobaqaning barcha top jamoalarini turnirdan chiqarib yubordi.  Xususan, “OG”, “Virtus.Pro”, “Invictus Gaming”, “Team Secret” va Grand finalda “PSG.LGD” bilan bahs olib bordi va barchasi ustidan g‘alaba qozondi.

 

 

Mazkur turnir chempionligidan so‘ng “Team Spirit” 18 million 208 ming 300 dollar mukofot pulini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin sohibi “PSG.LGD” esa 5 million 200 ming dollar, uchinchi o‘rinni egallagan jamoa “Team Secret” 3 million 600 ming dollarga ega bo‘ldi.

 

Turnirda “Team Spirit” aʼzosi Ilya Mulyarchuk (Yatora 18 yosh) “Eng yosh o‘yinchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. “Eng yaxshi o‘yinchi” mukofotini “Team Spirit”ning yana bir aʼzosi Yaroslov  Naydyonov (Miposhka) qo‘lga kiritdi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning mukofot jamg‘armasi 40 million dollar miqdorida belgilangan edi.

 

Avvalroq sovrin jamg‘armasi 40 million dollar bo‘lgan musobaqa qizg‘in pallaga kirgani va Rossiya vaksinalari bilan emlangan sportchilar ham qishgi olimpiadada ishtirok etishga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amiorv, Umar Umrzoqov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Rossiya jamoasi 18 million dollarni qo‘lga kiritdi | Zamon.uz