Eng dolzarb

Farg‘onadagi “Savodsizlikni tugatish jamiyati” ishchi-dehqonlar savodini chiqarishga xizmat qilgan

Farg‘onadagi “Savodsizlikni tugatish jamiyati” ishchi-dehqonlar o‘rtasida savodsizlikni tugatishga qaratilgan edi.

Farg‘onadagi “Savodsizlikni tugatish jamiyati” ishchi-dehqonlar savodini chiqarishga xizmat qilgan

 

Viloyatda savodsizlikni bartaraf etishga eʼtibor 1923 yildan so‘ng oshib borgan. Bu haqda “O‘zArxiv” agentligi xabar bermoqda.

 

 

 

 

Fotoda “Savodsizlikni tugatish jamiyati”ning 5 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyat ijroiya komitetining partiya tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan yig‘ilish bayonnomasi. Unga ko‘ra, kun tartibidagi asosiy masala ishchi-dehqonlar o‘rtasidagi savodsizlikni tugatish to‘g‘risida bo‘lgan.

 

1923 yilga kelib Farg‘ona viloyatida 28 ta maktab mavjud bo‘lib, shundan 12 tasi qishloqlarda joylashgan. Lekin 1924 yilga kelib, maktablar soni 110 taga, yaʼni 33 foizga oshgan. 1924 yilning 1 oktyabriga kelib 4000 kishi maktablarni to‘liq tugagan, o‘qiyotganlar soni esa 5700 tani tashkil etgan.

 

Shuningdek, hujjatda yozilishicha, aholi savodsizligini tugatish davomida o‘qituvchilarning o‘zlari ham siyosiy savodxonlik to‘garaklariga qatnab o‘qigan.

 

Farg‘ona viloyat davlat arxivi saqlovidagi «Farg‘ona oblast mehnatkash deputatlari ijroiya komiteti»ning hujjatlariga ko‘ra, “Savodsizlikni tugatish jamiyati” bo‘limlari Farg‘onada ham ochilgan bo‘lib, unda 3000 kishi faoliyat olib borgan.

 

Avvalroq fuqaro o‘z saqlovida bo‘lgan tarixiy gazetalar to‘plamini Milliy arxivga topshirgani haqida xabar qilingan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Farg‘onadagi “Savodsizlikni tugatish jamiyati” ishchi-dehqonlar savodini chiqarishga xizmat qilgan | Zamon.uz