Sport

“Oq bo‘rilar”ning keyingi raqibi maʼlum bo‘ldi

Srechko Katanes shogirdlari FIFA kunlari doirasida 8—16 noyabr kunlari yig‘in o‘tkazadi.

“Oq bo‘rilar”ning keyingi raqibi maʼlum bo‘ldi

 

Toshkent va Tbilisida bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘in vaqtida 15-noyabr kuni Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini tashkil etiladi. Uchrashuv Tbilisi shahridagi “Boris Paichadze” stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol terma jamoasi oktabr oyida Iordaniya davlatida bo‘lib o‘tgan yig‘in doirasida Malayziya va Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgan edi. Mazkur bahslarda Malayziyani 5:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Iordaniya termasiga 3:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Sloveniyalik mutaxasis boshqaruvidagi termamiz undan oldingi o‘rtoqlik uchrashuvida Shvetsiyaga 2:1 hisobida yutqazgan edi.

 

Avvalroq Eldor Shomurodovning narxi keskin ko‘tarilgani va milliy terma jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Oq bo‘rilar”ning keyingi raqibi maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz