Eng dolzarb

Sud qarori yoki YPX xodimi ishtirokisiz sug‘urta tovoni olish tartibi maʼlum qilindi

Bugun, 19-oktabr kuni AOKAda “O‘zagrosug‘urta” AJ axborot xizmati rahbari Shuhrat Qobilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda majburiy avtosug‘urta bo‘yicha sud qarori yoki YPX xodimi ishtirokisiz sug‘urta tovoni olish tartibi bo‘yicha maʼlumot berildi.

Sud qarori yoki YPX xodimi ishtirokisiz sug‘urta tovoni olish tartibi maʼlum qilindi

 

 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda ishtirokchilar huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimi ishtirokisiz xabarnoma to‘ldirib tibbiy narkologik tekshiruvdan o‘tadi. Shuningdek, transport vositalarini texnik shikastini baholash ekspertizasidan o‘tkazib, 3 kun ichida sug‘urtalovchiga ariza taqdim etadi.

 

Taʼkidlanishicha, sug‘urtalovchi hujjatlarni o‘rganib, 15 kun ichida tovon to‘lash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

 

Maʼlumot uchun: "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida"gi qonunning 3-moddasi "yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xabarnoma" tushunchasi bilan to‘ldirildi.

 

Bu sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi haqida sug‘urtalovchiga xabar berish uchun yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘ldiriladigan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi faktini tasdiqlovchi hujjatdir.

 

Eslatib o‘tamiz, qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan edi.

 

Avvalroq sug‘urta polisini olmaganlik uchun jarima ikki baravarga kamaytirilishi, hukumat qarori bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani, Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilingani hamda O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Sud qarori yoki YPX xodimi ishtirokisiz sug‘urta tovoni olish tartibi maʼlum qilindi | Zamon.uz