Sport

Voysex Shesni: “Yuventus” “Zenit”ga qarshi  bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynashi kerak”

“Yuventus” darvozaboni Voysex Щyesni “Zenit” bilan Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘yini oldidan jamoa kayfiyati haqida gapirdi:

Voysex Shesni: “Yuventus” “Zenit”ga qarshi  bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynashi kerak”

 

“Biz “Zenit”ga qarshi so‘nggi ikki uchrashuvimizdagidek, bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynashimiz kerak.  Qo‘limizdan kelganicha birdamlik ko‘rsatishimiz kerak. So‘nggi paytlarda ruhiyatimiz o‘zgardi. Biz himoyaga ko‘proq eʼtibor qaratamiz. Yondashuvimiz o‘zgardi. Ana shunday yo‘l bilan yaxshi natijalarga erishdik. Menimcha, burilish nuqtasi bo‘lmadi. Biz endi  astoydil harakat qila boshladik va o‘yinlardagi farqni ko‘rsata oldik. Atrofimda sodir bo‘layotgan hamma narsaga qaramay, men iloji boricha diqqatimni jamlayman. Umid qilamanki, avvalgi formamga qaytaman. Alegri bilan mashg‘ulot o‘tkazish qulay. Bu men uchun sharaf. Uning qanday ishlashini bilaman. Men hech qachon “Yuventus” dan ketishni xohlamayman”.

 

Eslatib o‘tamiz, UYEFA Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi “Zenit” – “Yuventus” guruh bosqichi uchrashuvi 20 oktyabr kuni Sankt -Peterburgdagi “Gazprom Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq Paulo Dibala “Zenit”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi va “Vilyareal” Serj Ore bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Voysex Shesni: “Yuventus” “Zenit”ga qarshi  bir yoqadan bosh chiqarib o‘ynashi kerak” | Zamon.uz