Super-kontraktda o‘qiydiganlardan to‘lov qabul qilish boshlandi
Davlat qabul komissiyasi tomonidan Super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

Endi “super-kontrakt” tizimda o‘qishga kirgan talabalar “t-kontrakt.edu.uz” platformasi orqali to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishlari mumkin. Bu onlayn shaklda yoki OTMga bevosita murojaat qilgan holda amalga oshiriladi.
Tartibga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yil 20-noyabrga qadar etib belgilangan.
Eslatma: talaba kontraktning 50 foiz miqdoridagi summasini to‘lagandan so‘ng OTM rahbarining abituriyentni talabalikka tavsiya etish to‘g‘risidagi buyrug‘i rasmiylashtiriladi.
Bundan avval super-kontraktning minimal miqdorlari belgilangani hamda emlangan talabalarga vaʼda qilingan chegirmalar to‘lab berila boshlangani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







