Jon Terri “Nyukasl”dan chetlatilgan murabbiyni afsonaga mengzadi
Londonning “Chelsi” klubi sobiq sardori Jon Terri Stiv Bryusning “Nyukasl Yunayted” bosh murabbiyi lavozimidan chetlatilishiga munosabat bildirdi:

“Nyukasl” oxirgi turda “Tottenxem” dan 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgani 60 yoshli mutaxassis uchun qimmatga tushdi. Stiv Bryus mening bolaligimda kumirim edi. U ajoyib murabbiy va yaxshi inson. Bir so‘z bilan aytganda, afsona. Hayotim davomida uchratgan eng yaxshi insonlarimdan biri hisoblanadi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolaman”.
Eslatib o‘tamiz, Jon Terri 2017/2018 yilgi mavsumda “Aston Villa” klubida Stiv Bryus qo‘l ostida o‘ynagan. Mish -mishlarga qaraganda, Paulo Fonseka “Nyukasl" ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchiligi va Benzemani Madridda olib qolishmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







