Samarqandda o‘qituvchilar jamoasi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 66-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi ota-onalarga murojaat qilib, farzandlar taqdiri, kelajagi haqida jiddiy ogohlantirdi.

Ular o‘z murojaatida farzandalr taʼlim-tarbiyasini ota-onalar ham qaʼtiy nazoratga olishi zarurligi, baʼzi oilalar tarbiya va tartib masalasida juda befarq ekani, shuningdek, farzandi kiyimi va ust-boshiga eʼtibor qaratmasligidan norziligini bildirgan.
O‘qituvchilar murojaatida, jumladan, shunday deyiladi:
“Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bunday marhamat qiladilar: “Ota-ona farzandiga yaxshi xulqdan ham ortiqroq narsa bera olmaydi. Demak, ota-ona farzandiga beradigan eng yaxshi narsasi qimmatbaho kiyim, yaxshi taom yoki ajoyib sovg‘a emas, balki go‘zal xulq va yaxshi tarbiyasi ekan. Chunki kiyim, taom yoki sovg‘a bolaga maʼlum vaqt foyda beradi, vaqt o‘tishi bilan esa eskiradi. Go‘zal xulq, yaxshi tarbiya esa farzandga umri davomida foyda beradi”.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Xalq taʼlimi vaziri maktabda oq va ochiq ranglardagi ro‘mol hamda do‘ppiga ruxsat bergani, Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal yuz bergani, Qashqadaryoda maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







