Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan millioner yana bir mudhish jinoyat — rafiqasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda
Bundan 21 yil muqaddam qotilligi uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan amerikalik millioner Robert Durst (Robert Durst) yana bir jinoyatda ayblanmoqda.

Nyu-York shtati Lyuisboro shahar sudi 78 yoshli magnatning 1982-yilda g‘oyib bo‘lgan rafiqasi Keti Durst (Kathie Durst) bo‘yicha ish ochdi. Huquqni muhofaza qilish organlarining rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, jinoyat Robert Durst tomonidan sodir etilgan.
Shuningdek, boshlangan sud ishi bo‘yicha jarayon bir necha hafta davom etishi kutilmoqda. Sudda marhumaning qarindoshlari va do‘stlari ham ko‘rsatma beradi.
Maʼlumot uchun: Los-Anjeles sudi Durstni oktyabr oyi boshlarida 21 yil muqaddam sodir etgan qotillikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgandi. U 2001 yilda yaqin tanishi Bermanni o‘ldirganlikda ayblanib jazolangan edi. Syuzan tadbirkorning xotini g‘oyib bo‘lishi ishi bo‘yicha politsiyaga guvohlik berishidan sal oldin o‘z uyida boshida o‘q jarohati izi bilan o‘lik holda topilgan.
100 million dollarlik boylikka ega bo‘lgan tadbirkor uzoq yillar davomida ayoliga nima bo‘lganini va Bermanni kim o‘ldirganini bilmasligini daʼvo qilib keladi.
“HBO” telekanalining “Milliarderning sirlari. Robert Durstning hayoti va o‘limi” (The Jinx) hujjatli serialini suratga olish paytida aytgan so‘zlari millionerning aybdorligini isbotlovchi dalillardan biriga aylangan.
O‘sha paytda tadbirkor hojatxonada o‘ziga o‘zi shunday degan:
“Ana, qo‘lga tushding. Nima qilib qo‘ydim, jin urgir? Albatta, hammasini o‘ldirganman”. U bu gaplarni aytayotganida efir mini mikrafoni yonida bo‘lgan va barcha so‘zlar yozib olingan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval 11 ming mahbusning o‘limida ayblanayotgan 96 yoshli ayol hibsga olingani hamda AQSHda 5 nafar jurnalistning qotiliga 345 yil qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







