Sport

Anchelotti: “El-Klassiko” Messi, Krishtianu va Ramossiz ham qiziq o‘tadi”

“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona” bilan “Real Madrid”ning 10-tur uchrashuvi haqida o‘z fikrini bildirdi:

Anchelotti: “El-Klassiko” Messi, Krishtianu va Ramossiz ham qiziq o‘tadi”

 

“Ikkala jamoa ham qayta qurish jarayonini boshdan kechirmoqda. Ammo bizni har qanday holatda ham ajoyib o‘yin kutyapti. Jismoniy tayyorgarligimiz yomon emas. Biz Ansu Fati hamda Vinitsius kabi futbolchilar qanday cho‘qqilarni zabt etishini hali bilmaymiz. Biroq bugungi uchrashuv katta tajriba maktabini o‘tashi turgan gap. Meni hali ham Krishtianu va Messi jamoada bo‘lgan paytlardagi tuyg‘ular tark etgani yo‘q. Bugun o‘ziga xos o‘yinga guvoh bo‘lamiz. “Barselona”ning yosh avlodi o‘ynaydigan bahs nafaqat meni, balki barcha futbol muxlislarini qiziqtirayotgani sir emas. “El-klasiko” Messi,  Krishtianu va Ramossiz ham qiziq o‘tadi”. 

 

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real Madrid” o‘rtasidagi 10-tur uchrashuvi bugun, “Barselona”da “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Real Madrid” hozirda Ispaniya chempionatida 3-o‘rinda, “Barselona" esa 7 -o‘rinda bormoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida: o‘yin Toshkent vaqti 19:30da boshlanadi.

 

Avvalroq Abramovich Azarni Londonga qaytarmoqchi ekanligi va Dibala Turinda yana 5 yilga qolishi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Anchelotti: “El-Klassiko” Messi, Krishtianu va Ramossiz ham qiziq o‘tadi” | Zamon.uz