Markinyos: Neymar - sehrgar, Messi - yirtqich, Mbappe – meteor
“PSJ” himoyachisi Markinyos hujumchilar Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe haqida o‘z fikrini bildirdi:

“Neymar - sehrgar, improvizatsiya va ijodkorlik bo‘yicha unga teng keladigan o‘yinchi kam. Messi - yirtqich hayvon, uning samaradorligi juda ham yuqori. Kilian - meteor, u boshqalardan o‘zgacha o‘yin uslubi bilan farq qiladi va buni isbotlashda davom etmoqda. Bu uchlik ajoyib o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman”.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionati 10-turidan so‘ng “PSJ” 27 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda: eng yaqin taʼqibchisi “Lens"ni to‘qqiz ochkoga ortda qoldiryapti. Parijliklar milliy chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini bugun safarda “Marsel” bilan o‘tkazadi.
Avvalroq Jon Terri “Nyukasl”dan chetlatilgan murabbiyni afsonaga o‘xshatganini va Messi braziliyalik hakamni xayolparastlikda ayblagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







