Eng dolzarb

Koson tumanida aholi yashaydigan hududda chorva mollarining ochiq qabristoni bor...(mi)?

Аfsuski, chiqindi bilan to‘lgan, kundan kunga kattalashib, chorva mollari, it, eshakning ichak-chavoqlari tashlangan ochiq qabristonga aylanib ulgurgan joydan badbo‘y hid atrof-muhitga zarar keltirishi to‘xtamadi.

Koson tumanida aholi yashaydigan hududda chorva mollarining ochiq qabristoni bor...(mi)?

 

Maʼlum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘z yashash hududiga uncha uzoq bo‘lmagan joyda axlatxona borligi va uning katta yo‘l yoqasigacha chiqib, harakatlanishga halal berilayotgani to‘g‘risida murojaatlar yo‘llangan. Bu haqda "Muxbir Daliyev" “Telegram” kanaliga murojaat kelib tushgan.

 

Murojaatda fuqaro:

 

"Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan chiqyapmiz, bizning yashash joyimizdan uncha uzoq bo‘lmagan katta yo‘l yoqasida katta ochiq chiqindixona bor, juda ko‘p musor, axlat, qurilish va meditsina chiqindilari bilan katta yo‘l yoqasigacha to‘lib ketgan” - deyiladi.

 

Murojaatchilar Koson tumanida faoliyat yuritayotgan ekologiya bo‘yicha ishchi xodimlarga muammoni aytishganida, ular bu murojaatni viloyat ekologlari hal qilishini aytgan.

 

Natijada, bir nechta fuqarolar 2021-yil yanvar - fevral oylarida ekologiya qo‘mitasining viloyat bo‘limiga ariza topshirishgan. Ammo, murojaatchilarga ozroq sabr qilish va yordam berishini aytib, ketkazib yuborilgan.

 

Afsuski, chiqindi bilan to‘lgan, kundan kunga kattalashib, chorva mollari, it, eshakning ichak-chavoqlari tashlangan ochiq qabristonga aylanib ulgurgan joydan badbo‘y hid atrof-muhitga zarar keltirishi to‘xtamadi.

 

Murojaatchilar viloyat bo‘limiga qayta so‘rov yuborishganda Respublikadan Ikrom Tog‘ayev degan shaxsga telefon qilishini aytib, raqam berishgan.

 

Biroq arizachilar:

 

“Biz Ikrom akani qanday topishni bilmadik. 2 yildan buyon shu musorxona sassig‘idan ziyon ko‘ryapmiz”, - deyishgan.

 

Ayni shu murojaat bo‘yicha, Qashqadaryo viloyat Ekologiya qo‘mitasi va Davlat Ekologiya qo‘mitasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortilgani va Qozog‘iston aholisi O‘zbekistonda yondirilayotgan axlattepalar tutunidan azob chekayotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Koson tumanida aholi yashaydigan hududda chorva mollarining ochiq qabristoni bor...(mi)? | Zamon.uz