Eng dolzarb

Pikasso asarlari auksionga qo‘yildi

Pablo Pikassoning 11 ta sanʼat asari Las-Vegasdagi “Bellagio” mehmonxonasida kim oshdi savdosiga qo‘yildi.

Pikasso asarlari auksionga qo‘yildi

 

 

Auksionda 1973-yilda vafot etgan ispaniyalik rassomning 9 ta tasviriy sanʼat asari va  2 ta keramik buyumi namoyish etildi.

 

 Maʼlum qilinishicha, to‘plam 50 yildan ortiq vaqt davomida ishlangan  badiiy ijod mahsulini o‘z ichiga oladi. Bu asarlar 20 yil davomida namoyish etilgan. Uning qiymati 110 million dollarni tashkil etgan. Mazkur to‘plamni 20 yil avval “Bellagio” mehmonxonasining sobiq egasi, amerikalik kazino magnati Stiv Uin to‘plagan.

 

 Qayd etilishicha, Pikassoning sevgilisi hamda unga ilhom baxsh etgan Mari-Teres Valter portreti - “Qizil-to‘q sariq beretli ayol” kartinasi auksionning  eng qimmat asari bo‘lib, u 40,5 million dollarga baholangan.

 

 

 Dastlab mazkur namuna 20 million dollardan 30 million dollargacha sotilishi kutilgan edi.

 

  Rassomning yana bir durdona asari "Odam va bola" surati bo‘lib, u 24,4 million dollarga sotilgan.

 

 Shuningdek, sotuvga Pikasso tomonidan 1942 yilda fashistlarning Parijni bosib olgan paytida chizgan "Still life with fruit basket and flowers" (mevali savat va gullar bilan natyurmort) asari ham kiritilgan. U 16,6 million dollarga baholangan.

 

 Ammo sanʼat asarlarini sotib olgan xaridorlar ismi oshkor etilmagan.

 

 Maʼlumot o‘rnida: Pikassoning shaxsiy rekordi 179,4 million dollarni tashkil etadi. Bu uning 2015 yilda "Jazoir ayollari" kartinasi uchun to‘langan.

 

 Pikassoning kim oshdi savdosida sotilgan eng qimmat asarlari:

 

“Jazoir ayollari”- 179,4 million dollar ( 2015 yil).

“Gul savati ko‘targan yosh qiz” - 115 million funt ( 2018 yil).

“Yalang‘och, yashil barglar va bust” - 106,5 million dollar (2010 yil).

“Quvurli bola” - 104 million dollar (2004 yil).

“Deraza yonida o‘tirgan ayol” (Mari -Terez) - 103,4 million dollar (2021 yil).

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  taniqli strit-art rassom – Benksining “Axlat qutisidagi sevgi”  rasmi rekord miqdorda sotilgani va 9 yil oldin Gretsiyada  Afina milliy galereyasidan o‘g‘rilangan Pablo Pikassoning “Ayol boshi” nomli asari topilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Pikasso asarlari auksionga qo‘yildi | Zamon.uz