Sport

O‘zbekistonlik muay-taychida doping aniqlandi

Qozon shahrida o‘tkazilgan I MDH o‘yinlarida ishtirok etgan muay-tay sport turi bo‘yicha terma jamoa aʼzosidan olingan doping-sinamasida taqiqlangan modda qabul qilgani aniqlandi.

O‘zbekistonlik muay-taychida doping aniqlandi

 

I MDH o‘yinlarida 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi Faxriddin Hasanov oltin medalga sazovor bo‘lgan edi. Joriy yilning 8 sentabr kuni musobaqa jarayonida topshirgan doping-sinamasidan “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangan. Meldonium taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S4. gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

 

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo‘yicha standarti talablariga asosan, Hasanov joriy yilning 8 oktabridan boshlab mazkur holat Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) tomonidan to‘liq o‘rganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlatiladi.

 

Avvalroq 23 yoshli velopoygachida doping aniqlangani va Diyorbek O‘rozboyev 3 yilga sport bilan xayrlashgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov