Sport

Nodirjon Mirzahmedov: "Imkoniyat barchada bir xil. Kim g‘olib bo‘lishini esa ring ko‘rsatadi"

-48 kg. vaznli Nodirjon Mirzahmedov irlandiyalik bokschi ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng bugungi jang va keyingi raqibi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Nodirjon Mirzahmedov: "Imkoniyat barchada bir xil. Kim g‘olib bo‘lishini esa ring ko‘rsatadi"

 

"Jahon chempionatidagi ilk jangim og‘ir o‘tdi, bunday bo‘lishini kutgandim ham. Ammo shunga qaramay yaxshi jang o‘tkaza oldim va g‘alabaga erishdim. Navbatdagi raqibim qozog‘istonlik bokschi bo‘ladi. U ancha tajribali va kuchli bokschi. U bilan bungacha ham jang o‘tkazganman. Imkoniyat barchada bir xil. Kim g‘olib bo‘lishini esa ring ko‘rsatadi", - dedi Nodirjon Mirzahmedov.

 

Avvalroq Madiyor Saidrahimov ilk jangini g‘alaba bilan boshlagani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Nodirjon Mirzahmedov: "Imkoniyat barchada bir xil. Kim g‘olib bo‘lishini esa ring ko‘rsatadi" | Zamon.uz