Jahon chempionatida besh nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Sportchilarimizning ikki nafari oltin, uch nafari bronza uchun kurashadi.

Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahri harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
O‘z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqaning birinchi kuni terma jamoamiz aʼzolaridan Diyora Keldiyorova va Dilshodbek Baratov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bugun yana ikki dzyudochimiz jahon chempionatining finalida tatamiga chiqadi.
-90 kg vazn toifasi. Final
Davlat Bobonov (O‘zbekiston) - Godoy De Machedo (Braziliya)
-100 kg vazn toifasi. Final
Muzaffarbek To‘raboyev (O‘zbekiston) - Daniyel Eych (Shveysariya)
-70 kg vazn toifasi. Bronza uchun bahs
Gulnoza Matniyazova (O‘zbekiston) - Froner Santana (Braziliya)
+100 kg vazn toifasi. Bronza medali uchun bahs
Bekmurod Oltiboyev (O‘zbekiston) - Martti Puumalaynen (Finlyandiya)
Shohruh Baxtiyorov (O‘zbekiston) - Marius Fizel (Slovakiya)







