Eng dolzarb

O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvida muhim rol o‘ynashi mumkin — AQSHlik ekspert

Ekspert AQSHni O‘zbekiston bilan Afg‘oniston masalasida hamkorlik qilishga chaqirdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvida muhim rol o‘ynashi mumkin — AQSHlik ekspert

 

The Wall Street Journal nashrida AQSHning O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlashi zarurligiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi.

 

Maqola muallifi Kamron Buxoriyning maʼlum qilishicha, O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashuvida va Markaziy Osiyoda xavfsizlik taʼminlanishida muhim rol o‘ynashi mumkin. “Shu sababli, – deydi muallif, – Bayden administratsiyasi Shavkat Mirziyoyev bilan hamkorlikni kengaytirishi zarur”.

 

Buxoriy o‘tgan oyda Termizga Mavlavi Abdul Salom Xanafiy boshchiligidagi delegatsiya kelgani va Abdulaziz Komilovning Kobulga tashrif bilan borganiga alohida to‘xtalib o‘tgan. 

 

“O‘zbekiston kabi dunyoviy davlatning “Tolibon” bilan aloqa o‘rnatishi biroz g‘alati tuyulishi mumkin. Chunki harakat Afg‘onistonda birinchi marta hokimiyatni egallaganda O‘zbekistonga qarshi bo‘lgan terrorchi guruhlarga boshpana bergan. Ammo so‘nggi 20 yilda Amudaryoning har ikki tarafida ham katta siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Reallik shundan iboratki, “Tolibon” yaqin kelajakda Afg‘oniston boshqaruvida markaziy o‘rinni egallaydi. Aynan shu omil Toshkentning ehtiyotkorona pragmatizmiga sabab bo‘lmoqda”, – deb taʼkidlagan ekspert.

 

Muallif Shavkat Мirziyoyev Markaziy Osiyo yetakchilaridan birinchi bo‘lib “Tolibon” bilan aloqa o‘rnatganiga eʼtibor qaratdi.

 

Buxoriyning fikricha, O‘zbekiston Qatar va Pokiston bilan bir qatorda toliblarning vaqtinchalik hukumati bilan keng aloqalar olib bormoqda. Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni xalqaro hamjamiyatdan Afg‘oniston rezervlariga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni so‘radi. Bundan tashqari, respublika qo‘shni davlatga elektr energiya eksport qilishda davom etmoqda. Toshkent Afg‘onistondan kelishi mumkin bo‘lgan beqarorlikdan eng yaxshi himoya – mamlakatdagi vaziyatni yana-da yomonlashtirmaslik deb hisoblamoqda.

 

Buxoriy O‘zbekiston maʼlum maʼnoda “Tolibon”ga taʼsir o‘tkazishi mumkinligini taʼkidlagan.

 

“Afg‘oniston bilan qo‘shni Markaziy Osiyoning uch respublikasi ichida aynan O‘zbekiston eng kuchli iqtisodiyotga ega. Qolaversa, mintaqaning barcha davlatlari bilan chegaraga ega mamlakat. Toshkent allaqachon Markaziy Osiyo integratsiyasini ilgari surayotgan yetakchi kuch”, – degan u.

 

Ekspert AQSHni O‘zbekiston bilan Afg‘oniston masalasida hamkorlik qilishga chaqirdi.

 

“Vashingtonning Afg‘oniston bo‘yicha ishonchli hamkorlari nihoyatda kam. Pokiston toliblar bilan yaqin aloqalarga egaligi bilan ishonchni yo‘qotgan, Eron bizning raqobatchimiz, Turkmanistonda biz bilan hamkorlik qilish uchun yetarli potensial yo‘q. Tojikiston esa o‘ta nozik vaziyatda. Ammo AQSH O‘zbekiston bilan yetarli darajada hamkorlik qilmayapti”, – deya qayd etdi Buxoriy.


Bundan avval “Tolibon” Afg‘oniston maxsus kuchlari sobiq jangchilari ISHID safiga qo‘shilayotganini rad qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"