Eng dolzarb

O‘zbekistonda 61 ta bozor kompleksi sotiladi va ularning 12 tasi  tugatiladi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

O‘zbekistonda 61 ta bozor kompleksi sotiladi va ularning 12 tasi  tugatiladi

 

Hujjat loyihasiga ko‘ra, jami 61 ta bozor, jumladan, Toshkent shahridagi 20 ta bozor va savdo komplekslari “hammasi bir joyda” tamoyili asosida savdo majmualarini tashkil etish tajribasi ko‘rib chiqiladi.

 

Istiqbolda O‘zbekistondagi bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni bosqichma-bosqich sotuvga qo‘yiladi.

 

Bu boradagi hujjat loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi. Shuningdek, ulardan jami 12 bozor va savdo kompleksi tugatiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Sirdaryodagi bir nechta bozorlar sotuvga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

 

Toshkent shahrida sotuvga qo‘yiladigan bozorlar qatorida Parkent universal savdo kompleksi, Yangiobod ixtisoslashgan bozori, Qoraqamish dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori, O‘rikzor savdo kompleksi, Qo‘yliq dehqon bozori, Chorsu buyum savdo komleksi, Oloy dehqon bozori va Bek to‘pi savdo kompleksi ham bor. Shuningdek, Guliston shahridagi “Guliston dehqon bozori” MCHJ, Mirzaobod tumanidagi “Navro‘z avto ulovlar sotish bozori” MCHJ va Sirdaryo tumanidagi “Baxt-X” MCHJlar ham ro‘yxatga kiritilgan.

 

Qayd etilishicha, bozor va savdo komplekslaridagi davlat ulushlarini sotish shartlari va usullari davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga asosan belgilanadi.

 

Loyihaning maqsadi sotishdan tushgan mablag‘larning respublika byudjetiga taqsimlanadigan qismi, istisno tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy byudjetiga teng ulushlarda yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari,  ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) sotilgunga qadar bozor va savdo komplekslari tomonidan ularning mol-mulklarini sotish, yirik bitimlar tuzish, aktivlarini garov taʼminoti sifatida va boshqa tarzda tasarruf etish taqiqlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo maʼlum qilingani va isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashgani haqida xabar berilgandi.

        

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"